Termizda yangi masjid foydalanishga topshirildi
Jamiyat
−
24 may 2019
54962017 yilning 14 fevralida Prezident Shavkat Mirziyoyev “Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qilgan edi.
Ushbu qarorga asosan, hozirda Termiz shahrida Imom at-Termiziy nomidagi ilmiy tadqiqot markazi, 138 o‘rinli mehmonxona, otalar choyxonasi va boshqa bir necha xizmat ko‘rsatish inshootlaridan iborat yaxlit majmua bunyod etilmoqda.
Ushbu majmua tarkibiga kiruvchi, 2250 o‘ringa ega Hakim Termiziy nomidagi jome masjidining foydalanishga topshirilishi muborak Ramazon kunlarida termizliklar uchun munosib tuhfa bo‘ldi. Bu esa mamlakatda fuqarolarning e’tiqod erkinligini ta’minlash, milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga doir yuksak e’tibor namunasidir.
Shuningdek, bu yerda imomlar uchun 5 ta ikki qavatli turar joy binosi qurib bitkazildi.
Ayni paytda viloyatda 108 ta jome masjidi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning aksariyati zamonaviy loyiha asosida yangidan bunyod etilmoqda.
LiveBarchasi