Termizda transformator yonib ketdi (video)

3-sahifa 3561
image

Bugun, 28 iyun kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida elektr podstansiyasi hududidagi transformatorlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, yong‘in Termiz shahar  “Tuproqqo‘rg‘on” MFY Denov ko‘chasida soat 12:03 da sodir bo‘lgan. 

Ma’lum qilinishicha, yong‘in soat 12:10 da qurshab olinib, 12:18 da to‘liq o‘chirilgan.

Ushbu hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Diyora Abdurahmonova

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 71
Reyting: 3.1
t
×