Termizda Malibu lyukidan tanasini chiqarib, o‘ynagan ayollar 15 sutkaga qamaldi
Jamiyat
−
11 Oktabr 2022
11127Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Malibu avtomashinasining lyukidan tanasini chiqarib, raqsga tushganlar ayollarga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tunda jamoat xavfsizligini buzib, Malibu avtomashinasi lyukidan chiqib, shovqin ko‘targanlarning harakatlari shahar ko‘chalarida o‘rnatilgan kameralarga tushib qolgan.
Haydovchilar va huquqbuzarlikni sodir etgan yo‘lovchilar Termiz tumani ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan.
Suhbat jarayonida 23 yoshli ayol 4 nafar farzandini uyda qoldirib, o‘zi bunday harakatlarni sodir etib yurganligidan afsusdaligini aytgan.
"Oldin ham huquqbuzarlik bo‘yicha ayblanganman, aslida men farzandlarimga tarbiya berib, uyda o‘tirishim kerak. Qilgan ishimdan pushaymonman. Meni kechirishlarini so‘rayman”, deydi ayblanuvchi.
Ma’lum bo‘lishicha, ikkita Malibu avtomashinasining haydovchilari ham oilali. Yana bir 21 yoshli ayblanuvchi ayol esa avval ham huquqbuzarlik sodir etganligi uchun javobgarlikka tortilganligi ma’lum bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u 8 oy davomida Sherobod tumanidagi 41-manzilli koloniyasida muddatini o‘tab kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilangan.
LiveBarchasi