Termizda qalbaki pul tayyorlayotgan shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Bugungi kunda ayrim kimsalar oson pul topishni o‘zlariga kasb qilib olmoqda. Hatto, ba’zi bir qo‘shtirnoq ichidagi “ishbilarmonlar” qalbaki kupyuralar tayyorlab, muomalaga kiritishga ham urinmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki kupyuralar tayyorlab, muomalaga chiqarishni rejalashtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Termiz tumanida istiqomat qiluvchi, 1995 yilda tug‘ilgan M.X. o‘z jinoiy rejasini amalga oshirish uchun Termiz shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan birini vaqtinchalik ijaraga oladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, u ijaraga olgan xonadonda “Acer” rusumli noutbuk, “Epson” rusumli rangli printer hamda 4 dona 100 ming so‘mlik, 48 dona 50 ming so‘mlik, 12 dona 10 ming so‘mlik, jami 2 million 920 000 so‘m miqdoridagi qalbaki pul borligi aniqlangan va ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing