Termizda ilk bor baxshichilik bo‘yicha konferensiya ish boshladi
Jamiyat
−
06 aprel 2019
3263Bugun 6 aprel kuni Termiz shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali doirasida “Jahon sivilizatsiyasida baxshichilik san’atining o‘rni” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.
Anjumanda dunyoning turli hududlaridan kelgan olimlar, ilmiy tadqiqotchilar baxshichilik va dostonchilik san’atini rivojlantirish, xalq og‘zaki ijodi durdonalarining Sharq va G‘arb madaniyati va san’atidagi o‘rni hamda ahamiyatini yanada oshirish, o‘zbek va boshqa xalqlar dostonlarini ilmiy o‘rganish, o‘zaro ijodiy hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama etilmoqda.
Xalqaro anjuman ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev tabriklab, anjumanning mazmun-mohiyati xususida atroflicha fikr yuritdi.
LiveBarchasi