Termizda IIB xodimlari ayollarni majburlab avtobusga mindirdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda bir guruh ayollarni Ichki ishlar xodimlari majburan avtobusga mindirayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar matbuot kotibi rasmiy izoh berdi.

Joriy yilning 4 yanvar kuni Termiz shahar eski “Yubileyniy” bozori hududida noqonuniy savdo bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni shahar hokimining qarori bilan “Yashil dunyo” savdo markaziga ko‘chirish ishlari amalga oshirilgan. Bundan oldin yangi hududdan savdo rastalari ajratilib, eski hududni tark etish haqida ogohlantirilganiga qaramasdan bir guruh sotuvchilar norozilik bildirib, hokimiyat vakillariga qarshilik ko‘rsatgan.

Qayd etilishicha, barcha sotuvchilar eski bozor hududida 4 yanvar kuni buzish ishlari boshlanishi haqida ogohlantirilgan.

Bozor hududiga jamoat tartibini tiklash uchun jalb qilingan Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan 14 nafar huquqbuzarlar IIBga olib kelingan. Ular bilan tushuntirish-profilaktik ishlari olib borilgan.

Huquqbuzarlik holati yuzasidan to‘plangan hujjatlar asosida Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi tomonidan 6 nafar fuqaroga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida, 3 nafar fuqaroga esa 5 baravar miqdorida jarima belgilangan. Shuningdek, 4 nafar fuqaroga 5 sutka ma’muriy qamoq jazolari tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing