Termizda elektr qarmoq bilan baliq ovlagan 2 nafar shaxs jarimaga tortildi
3-sahifa
−
11 dekabr 2022
4637Surxondaryo viloyatida 2 nafar shaxs baliqlarni noqonuniy tarzda ovlayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Termiz tumani "Uchqizil" kanalidan fuqaro T.T. va A.O. taqiqlangan usullar va ov qurollari (elektrqarmoq) bilan ov qilayotgan vaqtida ushlangan.
Dalil sifatida ushbu shaxslardan bir dona rezina qayiq, akkumulyator, qo‘lbola elektr qarmoq va ovlangan baliqlar ashyoviy dalillar sifatida olib qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.T. hamda A.O. ning harakatida "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi qonunning 35 va 53-moddalari talabi buzilgan deb topilgan. Ularga nisbatan "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi Kodeksining 90-moddasi 4-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma tuzilgan.
Shuningdek, ular 45 mln 180000 ming so‘m miqdorda jarimaga tortilgan.
LiveBarchasi