Termizda chet ellikni “uxlatmoqchi” bo‘lgan rahbar ushlandi

3-sahifa

image

Surxondaryoning Termiz shahrida chet el fuqarosining 6 ming dollarini o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Termizdagi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari chet el fuqarosining ishonchiga kirib, tanishlarining imkoniyatlari orqali unga O‘zbekistonda doimiy yashash guvohnomasini rasmiylashtirib berish evaziga 7000 AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ayblanuvchi so‘ralgan puldan 6000 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing