Termizda Afg‘onistonga yuk yetkazib beruvchi markaz tashkil qilindi

Olam

image

O‘zbekistonning Termiz shahrida Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish uchun WFP (World Food Programme) logistika markazi tashkil etildi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy vakili Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Afg‘onistonda oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj oshmoqda. Shuning uchun BMT mamlakatga yordam karvonini tashkillashtirgan. Dastlab zarur mahsulotlar O‘zbekiston, Pokiston va Tojikistondagi omborlarga jo‘natiladi. Asosiy yuk tashish markazi esa Termiz shahrida tashkil qilindi.

Eslatib o‘tamiz, kecha 14 sentyabr kuni BMTning Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan anjumanida o‘nlab donor davlatlar afg‘onlarga yordam berish uchun bir milliard dollardan ko‘proq mablag‘ ajratishga va’da bergan edi.

Ayni vaqtda BMT donorlardan afg‘onlarga oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy buyumlar va boshqa zarur tovarlarni sotib olish uchun va’da qilingan mablag‘larni imkon qadar tezroq yetkazishga chaqirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing