Termizda harbiy xizmatni o‘tayotgan yigit vafot etdi

3-sahifa

image

Termizdagi harbiy qismlarning birida xizmat qilayotgan oddiy askar vafot etdi. Bu haqdagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi voqea tafsilotlarini ochiqladi. 

Qayd etilishicha, Termizdagi harbiy qismlarning birida xizmat qilayotgan oddiy askar K.Q.  sog‘ligi bo‘yicha shikoyat qilganligi sababli 11 noyabr kuni Markaziy harbiy klinik gospitalga yotqizilgan. 

Tibbiy tekshiruvlar natijasida bemor K.Q. “yurakning o‘ng bo‘lmachasida kontrast to‘ldirish defekti (tromb), ko‘ks oralig‘ida hajmli xosila, ikki tomonlama gidrotoraks” aniqlangan. 14 noyabr kuni bemor shoshilinch ravishda “ American Hospital” klinikasida kardioxirurg konsultatsiyasiga olib borilgan. 

“Bemor hayoti uchun tashxis va jarrohlik operatsiyasi o‘ta xavfli hisoblanadi. Ammo hayotiy ko‘rsatmalarga asosan jarrohlik operatsiyasini bajarish lozimligi sababli klinikada gospital mutaxassislari ishtirokida jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilgan. 

Bemorning umumiy ahvoli o‘tkazilgan jarrohlik operatsiyasiga mos ravishda og‘irligicha qolgan.  O‘tkazilgan reanimatsion chora tadbirlarga qaramasdan bemorda biologik o‘lim qayd etilgan”, deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

755

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing