Termiz, Urganch, Qarshi va Buxoro aeroportlarini loyihalashtirgan me’mor vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 28 iyul kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan me’mor Sergo Mixaylovich Sutyagin 84 yoshida koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Shaharsozlik To‘lqini jamoat sahifasida ma’lum qilindi.

Sergo Sutyagin loyihalari asosida Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy (“Panorama”), “Kosmonavtlar” metro bekati, “Arkada” savdo markazi, Chirchiq shahri kirish qismidagi Kranlar yodgorligi, Termiz, Urganch, Qarshi va Buxorodagi aeroportlar, Nukusdagi Igor Savitskiy muzeyi qurilgan.

Ma’lumot uchun, Sergo Mixaylovich Sutyagin 1937 yilning 23 fevralida Rossiya poytaxti Moskva shahrida tug‘ilgan. Qayd etish kerakki, Moskvada uning loyihasiga binoan Sheremetevo bog‘idagi fashizmga qarshi urush paytida halok bo‘lganlar xotirasiga obelisk – “Xotira darvozasi” qurilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

239

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing