Termiz transport prokurori haqida tarqatilgan xabarga javob berildi

Jamiyat

image

Bugun, 14 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Termiz transport prokurori Z.Tursunov bir yil ichida uch marta intizomiy jazo olganiga qaramay, hamon o‘z lavozimida ishlab kelayotgani O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi ta’mirlanishidan chiqqan eski qurilish materiallarni o‘z uyiga olib borgani, 2-sektor rahbariga tegishli uyda yashayotganligi va majburiy mehnatga bosh-qosh bo‘layotgani haqida xabar tarqatilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ushbu xabarlarga nisbatan raddiya bilan chiqdi. Unda shunday deyiladi:

“Xabarda ilova qilingan rasmda prokuror Z.Tursunovning uyi emas, balki Termiz transport prokuraturasi binosi bo‘lib, unda ishchilar O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi va Termiz MTU o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida binoni ta’mirlash ishlariga jalb etilgan (shartnoma muddati 31.12.2021 y).

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi transport prokuraturasi ta’mirlanishidan chiqqan eski qurilish materiallari belgilangan tartibda joriy yil 11 dekabr kuni Termiz transport prokuraturasiga dalolatnoma asosida topshirilib, hozirda prokuraturada saqlanmoqda.

Bundan tashqari, Z.Tursunov yashaydigan uyi o‘rganilganida, ta’mirlanishdan chiqqan qurilish materiallari mavjud emasligi, uyida temir yo‘l ishchilari hashar yoki majburiy mehnatga jalb qilinmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Z.Tursunov xizmat faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun uch marotaba emas, bir marotaba intizomiy jazoga tortilgan”.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

553

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing