Termiz savdo markaziga 800 mingdan ortiq afg‘onistonlik keldi – Shavkat Mirziyoyev
3-sahifa
−
12:07 2240 1 daqiqa
Termiz xalqaro savdo markazi katta natijalar bermoqda. O‘tgan yili markazga 800 mingdan ortiq Afg‘oniston fuqarolari tashrif buyurdi, eksport 320 million dollar bo‘ldi. Bu haqda bugun, 27 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda aytib o‘tildi.
Tadbirkorlar va investorlar faoliyatini kengaytirib, Termiz xalqaro savdo markazida yirik ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bo‘yicha taklif bilan chiqqan.
Shu bois, markaz hududi 1 ming gektarga yetkazilishi belgilangan. Mutasaddilarga buning hisobidan markazdagi eksport hajmini joriy yil 600 million, kelasi yil 1 milliard dollarga yetkazish, qo‘shimcha 10 ming ish o‘rni yaratish topshirilgan.
Yangi loyihalar hisobiga tadbirkorlar ham, savdo qilish uchun keladigan odamlar ham karrasiga oshadi. Shu munosabat bilan markazda qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida maxsus prokuratura va ichki ishlar bo‘limining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Endilikda markaz hududidagi tovar savdosi va xizmatlar eksport sifatida baholanadi, ularga nisbatan ham qo‘shilgan qiymat solig‘i “nol” stavkada qo‘llanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Surxondaryo viloyati hokimi, tuman hokimlari oldida joriy yilda investitsiyalarni 3 milliard dollarga, eksportni 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi turganini aytgandi.
Live
Barchasi