Termizda yangi institut tashkil etiladi

Jamiyat

image

Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali negizida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda qayd etilgan. 

Hujjatga ko‘ra:

  • Institutda 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ta’limning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda, talabalar uchun haftaning shanba kuni mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilanadi;
  • institutda 2022 yilda Jahon banki mablag‘lari hisobidan talabalar, magistrlar va ilmiy izlanuvchilar hamda yosh professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlanmalari asosida loyihalar startaplarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish bilan shug‘ullanuvchi “IT-inkubator” ilmiy innovatsion markazi tashkil etiladi;
  • institutda 1 ta yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 8 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Xususan, dorivor o‘simliklar, o‘simliklarning himoyasi, seleksiya va urug‘chilik, sabzavotchilik va polizchilik, sholichilik, agrokimyo, agronomiya kabi mutaxassisliklarda kadrlar tayyorlanadi;
  • institut faoliyati Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Bundan tashqari, institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilangan:

•    O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;

•    to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;

•    xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;

•    xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;

•    jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

•    qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing