“Terminator 2” filmidagi robotning real versiyasi yaratildi (video)

Bu qiziq

image

“Terminator 2” filmidagi o‘z shakl-u shamoyilini o‘zgartira oladigan salbiy qahramon endilikda fantastikadan real hayotga ko‘chdi. Dunyodagi bir necha olimlar filmdagi qahramon kabi qattiq holatdan suyuqlikka aylana oladigan robotni yaratdi. Bu haqda “iXBT” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, yumshoq robotlar ilm-fan va sanoat uchun yangilik emas. Biroq ularning kamchiliklari ham ko‘p bo‘lgan. Masalan, ular juda egiluvchanligi sabab bunday robotlar tezligi, harakatining aniqligi va mustahkamligi bo‘yicha oddiy robotlardan ortda qolgan. Ammo xalqaro muhandislar jamoasi galyum moddasi (termoplastik plita) asosidagi materialni ishlab chiqib, yumshoq robotlarning harakatini oddiy robotlarga yaqinlashtirdi.

Yangi kashfiyotning tajriba sinovlaridan biri tasvirlangan videoda qafasda turgan odam shaklidagi robotning o‘z shaklini o‘zgartirib, qafasdan chiqqani va yana o‘z shaklini tiklaganini ko‘rish mumkin.

Hozirda ushbu texnikadan foydalangan holda tadqiqotchilar universal vintni shakllantirishga, to‘siqlarni engib o‘tishga va sun’iy oshqozondan narsalarni chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgan. Ishlab chiquvchilar yangi robotining asosan biotibbiyotda ishlatilishini aytganiga qaramasdan, keyingi versiyalarda bu kashfiyot yangi maqsadlarda ham qo‘llanilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing