Teo Ernandes iti sabab javobgarlikka tortilishi mumkin

Sport

image

“Milan” himoyachisi Teo Ernandesning pitbuli uydan qochib, boshqa itga hujum qildi.

It mashina darvozadan kirayotganda futbolchining villasidan tashqariga chiqib ketgan va yaqin atrofda ketayotgan pincher it hamda uning 74 yoshli egasi Mariya Luiza Annoniga hujum qilgan.

Annonining nabirasi Patrisiya Jinining so‘zlariga ko‘ra, pitbull ayolga tashlangan, u esa itini boshi uzra ko‘tarib olgan. It Annonini yiqitib, uning kurtkasini yirtmoqchi bo‘lgan. Ayol o‘rnidan turib, o‘zining itini mashina tomonga uloqtirgan, ammo pitbull baribir pincherga hujum qilgan.

Jini ijtimoiy tarmoqlarda ushbu voqea guvohlarini qidirmoqda. Futbolchi qonuniy javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing