Tennis: “Uimbldon”da ilk bellashuvlar natijalari ma’lum bo‘ldi
Sport
−
29 iyun 2021 2326 2 daqiqa
Kecha, 28 iyun kuni tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” turniri start oldi. Markaziy kortda chempionlik uchun asosiy da’vogarlar o‘z o‘yinlarini o‘tkazdi.
Jahonning birinchi raqamli raketkachisi Novak Jokovich britaniyalik Jek Dreyperni 4:6, 6:1, 6:2, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Sloan Stivens esa Petra Kvitovaga qarshi bahs olib bordi va 6:3. 6:4 hisobida, mezbon tennischi Endi Marrey esa gruzin sportchisi Nikoloz Basilashvilini 6:4, 6:3, 5:7, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bugun, 29 iyun kuni — mavsumdagi uchinchi “Katta Dubulg‘a” turniri hisoblangan “Uimbldon”ning ikkinchi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Shu kuni ayollar va erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida ham birinchi davraning navbatdagi uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Shu kuni Rojer Federer, Daniil Medvedev, Aleksandr Zverev, Eshli Barti, Serena Uilyams kabi tennis yulduzlari butun Angliyaning maysali tennis va kriket kortlarida o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi.
Markaziy kort. Toshkent vaqti bilan 15:30 da boshlanadigan o‘yinlar:
Eshli Barti (Avstraliya) – Karla Suares Navarro (Ispaniya);
Rojer Federer (Shveysariya) – Adrian Mannarino (Fransiya);
Aleksandra Sosnovich (Belorussiya) – Serena Uilyams (AQSH).
1-sonli kort. Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadigan o‘yinlar:
Tallon Griyekspur (Gollandiya) – Aleksandr Zverev (Germaniya);
Anjelik Kerber (Germaniya) – Nina Stoyanovich (Serbiya);
Jan-Lennard Struff (Germaniya) – Daniel Medvedev (Rossiya).
Humoyun Oripov
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28