Ten Xag yana bir sobiq shogirdini MYUga olib kelmoqchi

Sport

image

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi “Ayaks”ning hujumkor yarim himoyachisi Antonini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “TalkSport” nashri xabar qildi.

MYU bosh murabbiyi Ten Xag Grinvudning qachon safga qaytishi noma’lumligi va Amad Dialloning tajribasizligini inobatga olib, jamoasiga yangi hujumchi olib kelishni talab qilmoqda. Murabbiy sobiq shogirdi Antonini jamoasida ko‘rishni istamoqda.  

Transferlar oynasi 1 sentyabr kuni yopiladi. Jamoaga hozirgacha Tayrell Malasia (Feyenoord), Kristian Eriksen (Benford) va Lisandro Martines ("Ayaks") kelib qo‘shildi. Antoni “mankunianliklar”ning to‘rtinchi transferi bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Antoni “Ayaks” tarkibida o‘tkazgan uchta mavsumida 79 o‘yinda 22 gol va 16 assist muallifiga aylangan.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing