Ten Xag MYUda qanday cheklovlar o‘rnatishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoada yangi qoidalarni o‘rnatmoqda. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, qator yangi qattiq qoidalardan biri o‘yin haftalarida spirtli ichimliklar ichishni taqiqlashdir. Bosh murabbiy endi jamoa yig‘ini, tushlik yoki mashg‘ulotlarga kech qolgan har qanday futbolchi yoki xodimni jazolaydi yoki jarimaga tortadi.

Shuningdek, ovqat paytida mobil telefonlardan foydalanish ham taqiqlangan. Qolaversa, endilikda futbolchilarga shaxsiy oshpaz xizmatidan foydalanishdan ko‘ra, klub oshxonasida tayyorlangan taomlarni iste’mol qilishlari tavsiya etilgan.

Erik ten Xag o‘yinchilarning jismoniy holati yuqori ekanligiga ishonch hosil qilish uchun tana massasi indeksini muntazam ravishda tekshirishni ham buyurgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda “Manchester Yunayted” Angliya Premer ligasida oltinchi o‘rinni egalladi. Natijada klub Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qoldi. Kelasi mavsumda “qizil iblislar” ikkinchi darajali musobaqa bo‘lmish Yevropa Ligasida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing