Temza daryosining manbai birinchi marotaba qurib qoldi

Olam

image

Angliyadagi Temza daryosining manbai tarixda birinchi marta mamlakatni qamrab olgan rekord darajadagi yuqori harorat fonida qurib qoldi. Bu haqda “The Guardian” gazetasi Angliya, Uels, Shimoliy Irlandiya va Irlandiya Respublikasidagi chuchuk suv ekotizimlarini saqlash va himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi “Rivers Trust” ekologik tashkilotiga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozir daryoning manbai Temzaning rasmiy tug‘ilgan joyi – Angliya janubi-g‘arbiy qismidagi Glostershirdagi Kirensester shahri yaqinidagi quruqlikdan 5 milya (8 km) pastga siljigan. 

"Uzoq davom etgan quruq ob-havodan so‘ng Glostershirdagi Temza daryosi qurib qoldi va zaif oqim Samford-Kaynsdan besh milya pastga tusha boshladi. Bizning iqlimimiz o‘zgarganligi sababli, biz qurg‘oqchilik va suv tanqisligi davrlarining chastotasi va jiddiyligini kutishimiz mumkin", deydi “Rivers Trust” siyosat va fan masalalari boshlig‘i doktor Rob Kollinz.

Glostershir shahridan boshlangan Temza daryosining uzunligi 330 km bo‘lib, Britaniya poytaxtidan sharqda Shimoliy dengizga quyiladi. U Britaniyaning bir qancha shaharlaridan, jumladan Vindzor, Oksford, Londondan o‘tadi, bu yerda uning kengligi 250 m gacha yetadi.

Aytish joizki, Qirollik Meteorologiya xizmati joriy yilning iyul oyi Angliya uchun so‘nggi 111 yildagi eng qurg‘oqchil bo‘lganini ma’lum qilgan. Angliya hududiga taxminan 16 mm yog‘ingarchilik tushgan – oxirgi marta 1911 yilda kuzatilgan iyul oyidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan chorak baravar kam. Butun Buyuk Britaniya uchun bu iyul 984 yildan beri eng qurg‘oqchil yil bo‘ldi.

Shu sababli, hokimiyat suvdan foydalanishga mahalliy cheklovlar joriy qila boshladi. Shunday qilib, janubi-sharqiy Angliyaning suv ta’minoti uchun mas’ul bo‘lgan Britaniyaning “South East Water” kompaniyasi mintaqalar aholisi yozgi jazirama paytida faol foydalanadigan "bog‘ shlanglari va sug‘orish moslamalaridan foydalanish" imkoniyatini vaqtincha chekladi. Londonda ham xuddi shunday choralar joriy etilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

216

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing