Telegram’da guruhli videoqo‘ng‘iroqlar qachon ishga tushirilishi e’lon qilindi

Texnologiya

image

Guruhli videoqo‘ng‘iroqlar Telegram messenjer chatlarida joriy yilning may oyida paydo bo‘ladi. Bu haqda kompaniyaning bayonotida aytilgan.

“May oyida Telegram’ni guruh videoqo‘ng‘iroqlari uchun kuchli platformaga aylantirib, ovozli suhbatlarimizga videoni ham qo‘shamiz. Ekranni almashish, shifrlash, shovqinlarni pasaytirish, ish stoli va planshetlarni qo‘llab-quvvatlash – buni zamonaviy videokonferensaloqa vositasidan kutishingiz mumkin”, deyiladi Pavel Durovning Telegram kanalida joylashtirilgan xabarda.

Videoqo‘ng‘iroqlar Telegram’da 2020 yil avgustida paydo bo‘ldi. 

“2020 yil dunyoda videoqo‘ng‘iroq qilish uchun ishonchli vositalar kerakligini ko‘rsatdi va bugun biz Android ilovasida videoqo‘ng‘iroqlarning alfa versiyasini ishga tushirmoqdamiz”, deya izoh bergandi o‘sha paytda kompaniya.

Telegram asoschisi Pavel Durov 2020 yil 24 aprelda platformada guruhli videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi paydo bo‘lishini e’lon qilgandi. Lekin u aiq sanalarni ochiqlamagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

233

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing