Telefonda foydalanuvchilar tegishi tavsiya etilmaydigan sozlamalar aytildi

Texnologiya

image

Har bir smartfonda foydalanuvchilar tegishi tavsiya etilmaydigan bir qator sozlamalar mavjud. Bu haqda "Roskachestvo" raqamli ekspertiza markazi rahbari Anton Kukanov ma’lumot berdi. 

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ularga tegish orqali gadjetning ishlashi uchun muhim bo‘lgan tizimlarni bilmasdan o‘chirib qo‘yish yoki qurilma uchun berilgan kafolatni yo‘qotish mumkin.

"Kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni blokirovka qilish bilan bog‘liq sozlamalarga tegishda ehtiyot bo‘lish kerak. Bunda telefon ro‘yxatida bo‘lmagan raqamlar yoki yashirin raqamlardan bo‘ladigan qo‘ng‘iroqlarni ham bilmasdan taqiqlab qo‘yish xavfi mavjud", degan Kukanov.

U shuningdek, kengaytirilgan ma’muriy huquqlarni olish va fayl tizimiga to‘liq kirish huquqini beruvchi root'dan Android'da, Jailbreak'dan esa iOS'da foydalanmaslik kerakligini qo‘shimcha qilgan.

Shuningdek, Kukanov ushbu tavsiyalar mobil qurilmalarning oddiy foydalanuvchilariga tegishli ekanini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

565

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing