Telefon qizib ketishining asosiy sabablari aytildi
Texnologiya
−
31 avgust 2020
32627"Telefonning qizib ketishi mumkin bo‘lgan bir nechta sabablari bor, ularning ba’zilari hatto xavfli", deydi ANO "Digital platforms" bosh direktori Arseniy elsin "Praym" Bosh agentligiga.
Qizishning sabablaridan biri, dasturlarning ishlashi uchun internet aloqasining sifatli emasligi bo‘lishi mumkin.
Xabarlar jo‘natish, xaritalar, pochta xizmatlari, statistik dasturlar odatda tezkor Internet talab qiladi. Agar unday tezlik mavjud bo‘lmasa, unda dastur ko‘plab so‘rovlarni yuborishni boshlaydi, bu esa telefon quvvatining pasayishi va qurilmaning qizish darajasi oshishiga olib keladi.
Yana bir sabab - protsessorning haddan tashqari qizishi. Bu gadjetning turli xil modullari - Internet, WI-FI, GPS va Bluetooth'dan faol foydalanish ta’sirida sodir bo‘ladi.
"Hamma gadjetlar ham og‘ir ish uchun mo‘ljallanmagan, tanaffus kerak, siz hatto qurilmani bir muddat o‘chirib qo‘yishingiz lozim", deya maslahat beradi mutaxassis.
Rushanabonu Sultonova
LiveBarchasi