Telefon hisobi o‘chirilganda ham tezkor xizmatlarni chaqirish yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

Endi telefonda pul bo‘lmaganida ham favqulodda tezkor xizmatlarni bepul chaqirish mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga ko‘ra, abonentning shaxsiy hisob raqamida mablag‘lar bo‘lmagan holda O‘zbekiston hududida belgilangan yagona raqamlarni terish yordamida favqulodda tezkor xizmatlarni bepul va kecha-kunduz davomida chaqirish imkoniyati ta’minlanadi.

Ma’lumot uchun, fuqarolar bepul qo‘ngiroq qilishi mumkin bo‘lgan favqulodda tezkor xizmatlarga:

– yong‘in xavfsizligi xizmati (101);
– ichki ishlar organlari (102);
– tez tibbiy yordam (103);
– gaz tarmog‘ining avariya xizmati (104);
– Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmati (1050) kiradi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing