Texasda niqob taqishga majburlaganlar 1000 dollar jarimaga tortiladi
Olam
−
20 may 2021
2784AQSHning Texas shtati gubernatori Greg Ebbott kelgusi oydan boshlab shtatdagi barcha davlat maktablarida niqob taqish majburiyatini bekor qildi. Bu haqda “The Texas Tribune” nashri xabar bermoqda.
Maktablarda yangi qoidalar aksariyat o‘quvchilar uchun o‘quv yili tugagandan so‘ng kuchga kiradi. Masalan, Dallasda 27 may kuni, Xyustonda 11 iyun kuni boshlanadi.
Bundan tashqari, ertaga, 21 may kundan xodimlaridan niqob taqishni talab qilgan tashkilotlarga 1000 AQSH dollari hisobida jarima belgilanadi. Farmon davlat shifoxonalari, Jinoyat ishlari bo‘yicha sud departamenti, Texasning balog‘atga yetmagan bolalar ishlari bo‘yicha sudi, shuningdek, qamoqxonalarga tegishli emas.
Bundan avvalroq ham Texas gubernatori shtatda tibbiy niqob taqishni majburiy ravishda bekor qilgandi. AQSH Prezidenti Jo Bayden uni bu qarori uchun tanqid qilib, Abbotning qarorini “neandertal odamdek fikrlash”, deb atagandi.
Hozirga qadar Texas aholisining 30 foizi vaksina olgan, bolalarning aksariyati emlanmagan.
Ma’lumot uchun, joriy yil may oyining boshlarida Amerikaning Florida va Janubiy Karolina shtatlari niqob taqish talablarini bekor qilgandi.
Mohinur Mamatova
LiveBarchasi