TDYUU mas’ul rahbari javobgarlikka tortildi

3-sahifa

image

Toshkent davlat yuridik universiteti madaniy merosdan foydalanishda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygani uchun, oliygohning mas’ul rahbari ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, Toshkentning Sayilgoh ko‘chasida joylashgan, XIX asrga oid betakror arxitektura yodgorligi bo‘lgan (sobiq Erkaklar va Ayollar gimnaziyasi) Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan foydalanib kelinayotgan binolar mutaxassislar tomonidan o‘rganilganida, tegishli ruxsatnoma olinmasdan, bino devorlari teshilib, qayd etish taxtachalari o‘rnatilgani va atroflari bo‘yalgani, sovutkich (konditsioner) dvigatellari hamda soyabonlar o‘rnatilgani aniqlangan.

Oliygoh rahbariyati tomonidan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatma bajarilmagani sababli, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga taqdim qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 31 martdagi qarori bilan oliygohning mas’ul rahbari ma’muriy javobgarlikka tortilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima qo‘llanilgan.

Ma’lumot uchun, poytaxtda madaniy meros hisoblangan bino-inshootlarning 30 tasi umumta’lim maktabi, 5 tasi kasb-hunar kolleji, 24 tasi oliygoh, 109 tasi vazirlik va idoralarning ma’muriy binolari sifatida foydalanib kelinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing