TDSI va Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Jamiyat

image

Bugungi kunda Hukumat qarorlarining ijrosi yuzasidan Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan  respublika sog‘liqni saqlash tizimi oldiga mazkur sohani modernizatsiya qilish, aholiga jahon standartlari talablariga muvofiq tibbiy yordam  ko‘rsatish samaradorligini oshirish, yangi davolash standartlarini joriy etishni rivojlantirish vazifasi yuklatilgan.

Modernizatsiyalash jarayonlarini ta’lim va fan sohasidagi amaliy faol xalqaro hamkorlik hamda uni amaliyotga joriy qilishni integratsiyasiz  amalga oshirib bo‘lmaydi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti  ham ta’lim va fan sohasida jahon talablariga mos ravishda yuqori malakali va raqobatbardosh tibbiyot kadrlarini tayyorlash maqsadida bir qator  muhim qadamlarni qo‘ydi. Xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish ustuvor vazifadir.

Xususan, ta’lim jarayonini xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan integratsiyalash imkonini beradigan kredit-modulli o‘qitish tizimi  amalga oshirilmoqda.

Ma’ruzalar va seminarlar o‘tkazish uchun institutning ixtisoslashgan bo‘limlari o‘qituvchilari sifatida 25 dan ortiq xorijiy mutaxassislar  jalb qilingan.

Ushbu yo‘nalishda Toshkent davlat stomatologiya institutiga Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Ushbu tashrifdan maqsad: Xamkorlikni yanada rivojlantirish,  institutda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan amaliyotda tanishishdir. 

Muloqot mobaynida Sog‘liqni saqlashda kadrlarni tayyorlash, innovatsion va ilg‘or tajriba almashinish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasining birinchi prorektori, professor M.M.Esirkepov rahbarligidagi delegatsiya tomonidan, stomatologiya va farmatsiya yo‘nalishidagi o‘quv-uslubiy ishlarni takomillashtirish, ilmiy va klinik ishlar, magistratura va doktorantura faoliyatiga bog‘liq masalalar atroflicha muhokama etildi. 

O‘zaro hamkorlikni yanada davom ettirish, aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga kelishib olindi.

 

Toshkent davlat stomatologiya instituti matbuot xizmati


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

5

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing