TDPU endi vazirlikka moliyaviy qaram bo‘lmaydi
Jamiyat
−
24 iyun 2022
66272023 yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilida tajriba-sinov tariqasida universitetning pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonlari ikki bosqichda — dastlabki imtihon va kirish test sinovlari orqali amalga oshiriladi.
Bunda:
• dastlabki imtihon va kirish test sinovlari DTM tomonidan o‘tkaziladi;
• dastlabki imtihon doirasida abituriyentlarning pedagogik kasbga moyilligi o‘rganiladi;
• kirish test sinovlarida qatnashishga faqat dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga ruxsat etiladi.
2024 yil 1 yanvarga qadar:
• Universitet faoliyatida “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimini to‘liq joriy etiladi;
• Universitetning ilmiy jurnalini Scopus, Web of Science yoki boshqa xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritiladi.
LiveBarchasi