Tajimuratov sud zaliga Qur’oni Karim keltirilishini so‘radi
3-sahifa
−
28 noyabr 2022
24166Joriy yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan norozilik namoyishlar bo‘yicha Buxoro viloyati sudida boshlangan sud majlisi davom etmoqda.
Ayblov xulosasiga ko‘ra Nukus shahridagi tartibsizliklar natijasida 6 mlrd 681 mln 247 ming 508 so‘m moddiy zarar yetkazilgan.
Qayd etilishicha, sudlanuvchilar tomonidan keltirilgan iltimosnomalarning aksariyati sud tomonidan qanoatlantirilmoqda.
Sud majlisida ayblanuvchi Dauletmurat Tajimuratov bir nechta iltimos bilan murojaat qildi.
Xususan, Tajimuratov suddan himoyachisi bilan gaplashib olish uchun imkoniyat berishni so‘radi, bu iltimosnoma sud tarafidan qanoatlantirildi va sudlanuvchi va himoyachisi gaplashib olish uchun imkoniyat berildi
U, shuningdek, sodir etilgan holatga guvoh bo‘lgan fuqarolarni ham sud ishiga taklif qilinishini so‘radi. Uning bu iltimosi inobatga olindi va asosiy guvohlar so‘roq qilingach, qo‘shimcha guvohlar so‘roq qilinishi belgilandi.
Shuningdek, Tajimuratov “qalbining tozaligini isbotlash uchun” Qur’oni Karimni keltirishni so‘radi. Cud bu kabi yuridik mexanizm qonunchilikda mavjud emasligi sabab ayblanuvchining so‘rovtni rad etgan.
Sud majlisida sudlanuvchi Tajimuratov o‘zining ukasini uning himoyachisi sifatida sud jarayonida ishtirok etishini so‘rab, sudga iltimosnoma kiritdi. Sud maslahatga kirib, ushbu iltimosnomani qanoatlantirish haqida ajrim chiqardi
LiveBarchasi