Tayvanda yana provokatsiya. AQSHlik senator Taypeyga keldi
Olam
−
26 avgust 2022
7681Tennessi shtatidan respublikachi AQSH senatori Marsha Blekbern 25 avgust kuni kechqurun Tayvanga yetib keldi. Bu haqda orol Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Oldindan e’lon qilinmagan va 27 avgustgacha davom etadigan tashrif davomida Tayvan ma’muriyati rahbari Say Ing-ven siyosatchini qabul qiladi. Shuningdek, Milliy xavfsizlik kengashi bosh kotibi Gu Lisyun, Tashqi ishlar vaziri Jozef U va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Bu AQSH qonunchilarining orolga bir oy ichida uchinchi tashrifidir. 2-3 avgust kunlari AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Taypeyga tashrif buyurdi, bu esa Pekinning keskin munosabatiga sabab bo‘ldi va bunga javoban Tayvan atrofida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. 14-15 avgust kunlari senator Ed Marki (Massachusets shtati) boshchiligidagi delegatsiya Tayvanga keldi.
Qo‘shma Shtatlar 1979 yilda Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzib, XXR bilan o‘rnatdi. Vashington “yagona Xitoy” siyosatini tan olish bilan birga, ayni paytda Taypey ma’muriyati bilan aloqalarni davom ettirmoqda va orolga qurol yetkazib bermoqda.
Tayvan 1949 yilda Chan Kayshi (1887-1975) boshchiligidagi gomindan qo‘shinlarining bir qismi Xitoy fuqarolar urushida mag‘lub bo‘lib, orolga qochib ketganidan beri o‘z ma’muriyati tomonidan boshqariladi. O‘shandan beri Tayvan kommunistlar hokimiyatga kelishidan oldin materikda mavjud bo‘lgan sobiq Xitoy Respublikasi bayrog‘ini va boshqa atributlarini saqlab qoldi. XXRning aksariyat davlatlar qo‘llab-quvvatlagan rasmiy pozitsiyasiga ko‘ra, orol Xitoy provinsiyalaridan biri hisoblanadi.
LiveBarchasi