Tayvan 200 kundan buyon koronavirus bilan “yuzlashmayapti”. Buning siri nimada?
Olam
−
30 Oktabr 2020
8187Tayvanda 200 kundan ko‘p vaqt mobaynida birorta odam koronavirusga chalinmadi.
Bunday natijaga erishish uchun orol ma’muriyatiga tezkor choralar va karantinni ta’minlashda texnologiyalardan foydalanish yordam bergan.
Osiyoning boshqa mintaqalaridan kelgan 20 ga yaqin kishida koronavirus aniqlangan. Lekin ular ortlariga qaytarib yuborilgan.
Tayvan epidemiyaning boshidayoq koronavirus tarqalishiga qarshi qattiq choralar ko‘rgan. Rasmiylar butun aholini niqob taqishga majbur qilgan. Joriy yil boshidan chegaralar yopilgan.
Natijada, mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq atigi 554 ta holat aniqlangan. 514 kishi sog‘aygan. 7 nafar bemor vafot etgan.
Mutaxassislar 23 milliondan ziyod aholisi bo‘lgan orol pandemiya bilan dunyodagi har qanday mamlakatdan yaxshiroq kurashgan bo‘lishi mumkin, degan fikrda.
Ma’lumot uchun, 2003 yilda tarqalgan SARS virusi boshqa mamlakatlarga qaraganda Tayvanga ko‘proq ta’sir qilgan. O‘shanda mamlakatda yuzlab odamlar SARS virusini yuqtirgan. 70 nafardan ko‘p bemor vafot etgan.
Dunyoda koronavirusga chalinganlar 45 milliondan oshdi. 1 milliondan ortiq bemor virus qurboni bo‘ldi.
LiveBarchasi