Tayson jangda o‘zini g‘alaba qozondi deb hisoblaydi

Sport

image

Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Mayk Tayson boks bo‘yicha beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Roy Jonsga qarshi o‘tkazilgan ko‘rgazmali jang natijalari haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi. 

"Men o‘zimni g‘alaba qozondim deb hisoblayman. Lekin durang natijadan ham ko‘nglim to‘ldi. Jang qiyin kechdi. Ba’zi raundlardagi ikki daqiqa uch daqiqa bo‘lib ketdi. Ringga qaytganimdan xursandman. Butun masofani bosib o‘tganimni, hanuzgacha formada ekanimni his qilish juda zo‘r", degan Tayson jangdan so‘ng. 

Amerikalik yana ringga chiqishga tayyorligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Toshkent vaqti bilan bugun, 29 noyabr kuni ertalab Los-Anjelesdagi (AQSH) Staples Center arenasida boks kechasi bo‘lib o‘tdi.
Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jang kechaning asosiy voqeasi bo‘ldi. 
To‘liq 8 raunddan iborat bo‘lgan jangda durang qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

272

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing