Tayson: “Onamning o‘limi faoliyatimdagi eng yaxshi voqealardan biri bo‘lgan”

Sport

image

Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Mayk Tayson onasi Lorna Mey Smitning vafotini yodga olib, bu hayotida sodir bo‘lgan eng yaxshi voqealardan biri ekanini qayd etdi.

Lorna Mey Smit 1982 yilda, Mayk 16 yoshligida, vafot etgan.

“Karerani rivojlantirish nuqtai nazaridan, men bilan sodir bo‘lgan eng yaxshi voqealardan biri onamning vafoti bo‘ldi. Gap shundaki, onam menga boladek g‘amxo‘rlik qilgan.

Agar uning o‘limi bo‘lmaganida men hech qachon ko‘chada jang qilishni boshlamagan va qarshilik ko‘rsatishni o‘rganmagan bo‘lardim”, deydi Tayson.

Ma’lumot uchun, Mayk 1985 yildan professional boksga o‘tgan va WBC (Xalqaro boks komiteti) tasnifi bo‘yicha og‘ir vaznlilar orasida eng yosh jahon chempioni bo‘lgan (1986). Tayson har bir uchrashuvni muddatidan oldin — nokaut bilan yakunlagani tufayli “Iron Mike” (“Temir Mayk”) taxallusini oldi.

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1573

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing