Tayson Fyuri boksga qaytishini ma’lum qildi
Sport
−
10 avgust 2022
3627Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBC yo‘nalishi chempioni britaniyalik Tayson Fyuri boksga qaytishini e’lon qildi. U bu haqda o‘zining Twitter'dagi rasmiy sahifasida xabar qilgan.
Britaniyalik sportchi boksga qaytish ishtiyoqini Derek Chisoraga qarshi trilogiya o‘tkazish istagi bilan izohlagan. Shuningdek, “lo‘lilar qiroli”ning qaytishiga murabbiyi ham sababchi bo‘lgan. Ayni paytda Tayson Chisora bilan jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Men boksga qaytishga qaror qildim. Chunki tarixga ikkita trilogiyada qatnashgan jangchi sifatida kirishni istayman. Men Deontey Uaylder bilan uchta jang o‘tkazib bo‘ldim. Endi Derek Chisora bilan trilogiyada qatnashib, birinchi og‘ir vazn toifasida jahon chempioni bo‘lmoqchiman. Men har doim faoliyatim oxirida Chisora bilan jang qilishimni aytganman va bu orqali biz yana barcha rekordlarni yangilamoqchimiz.Men Ayzek Louni murabbiy sifatida tanladim. Chunki u Piter Fyuri bilan ishlaganimda biz bilan birga edi. Biz har doim juda yaxshi hamkorlik qilganmiz va katta janglarga rozi bo‘lamiz”, degan Fyuri.
Ma’lumot uchun, britaniyalik bokschi 2021 yilning oktyabr oyida Deontey Uaylderni mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgan edi.
Fyuri Drek Chisoraga qarshi 2011 va 2014 yillarda ikkita jang o‘tkazgan. Ikkita jang ham “lo‘lilar qiroli”ning foydasiga yakun topgan.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi