Taylandda Qozog‘iston fuqarosi hibsga olindi
Olam
−
29 iyul 2019 2992 1 daqiqa
Bangkok aeroportida 1995 yilda tug‘ilgan qozog‘istonlik qiz qo‘lga olingan. Dastlabki surishtiruvga ko‘ra u Taylandda olti oydan ko‘proq vaqt davomida muddati tugagan viza bilan “bepul” sayyoh sifatida yashagan.
Bu haqda altaynews.kz xabar qiladi. Qozog‘iston fuqarosi hozirda migratsiya qamoqxonasiga joylashtirilgan. Taylanddagi Qozog‘iston konsulligi buni tasdiqladi.
Qizning taqdiri borasidagi qaror kelasi hafta qabul qilinishi kutilmoqda. Dastlab u deportatsiya qilinadi. Qozog‘istonlik qiz saqlanayotgan qamoqxona sharoitlari bo‘yicha shikoyat qilmagan.
Live
Barchasi