TATUda yangi magistratura yo‘nalishi ochildi

Jamiyat

image

Joriy o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida magistrantlar uchun yangi yo‘nalish ochildi.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Raqamli qishloq xo‘jaligi uchun yangi va innovatsion kurslar - NICoPA” loyiha asosida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab “Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari” magistratura yo‘nalishi ochildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yo‘nalishdagi bo‘lajak magistrantlar Yevropaning nufuzli universitetlari (Technical university of Berlin, Agricultural university Plovdiv, Czech university of Life sciences Prague) bilan hamkorlikda tayyorlangan o‘quv reja asosida ta’lim olishadi. 

Bunda Geoaxborot tizimlari, Masofadan zondlash texnologiyalari va ilovalari, SENTINEL-1-2-3 tasvirlari bilan ishlash, Kompyuter ko‘rishi, Geoportal, geoxizmat, geotahlil tizimlari uchun veb texnologiyalar, Raqamli qishloq xo‘jaligi asoslari, Geoaxborot tizimlarida sun’iy intellekt va boshqa shu kabi mutaxassislik fanlari asosida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing