“Tashmore”ning yuzasi muzlab qoldi

Jamiyat

image

So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda yuzaga kelgan sovuq ob-havo sharoiti tufayli Toshkent viloyatida joylashgan Tuyabo‘g‘iz suv omborining (Toshkent dengizi) yuzasi muzlab qoldi. Oqibatda eshkak eshuvchilar suvda mashg‘ulot olib bora olmayapti. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, sportchilar mashg‘ulotlarni trenajyor zalida davom ettirmoqda. Ayni damda ushbu bazada akademik eshkak eshuvchilarning to‘liq tarkibi, shuningdek, baydarka va kanoechilarning ma’lum qismi mashg‘ulot olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Tuyabo‘g‘iz suv ombori(Toshkent dengizi) Ohangaron daryosining o‘rta oqimida barpo etilgan gidrotexnika inshooti hisoblanadi. U 1962 yilda qurilgan. Umumiy hajmi 250 mln metr kub, foydali hajmi esa, 224 mln metr kub. O‘rtacha chuqurligi 12,5 metrni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing