Toshkent biznes sohasi ixlosmandlarini forumga chorlaydi

Biznes

770x500

Bugungi dunyoda xalqaro tijorat va davlatlararo hamkorlik mamlakatlar taraqqiyotining bosh omilidir. Boisi, mazkur jarayonlar mamlakatga qo‘shimcha mehnat resurslarini va shu bilan birga rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etadi. Dunyoning ilg‘or davlatlari mazkur sabablarni inobatga olgan holda yirik tijorat forumlari va yig‘inlarini tashkil etish va bu orqali mamlakatning biznes salohiyatini oshirishga harakat qiladilar.

Shu ko‘rinishdagi tadbirlardan biri joriy yilning 15-16 oktyabr kunlari poytaxt Toshkentning “Humo Arena” muz saroyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Rejalashtirilgan keng formatdagi TASHKENT GLOBAL FORUM ikki kun davomida soat 9:00 dan 18:00 gacha bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Xalqaro biznes forumlarning yana bir muhim tomonlaridan biri shuki, mazkur tadbirlar dunyoning yetakchi biznes doiralarini jalb etadi. Toshkent xalqaro biznes forumida ham 5 tadan 7 tagacha mahalliy va xalqaro biznes spikerlar va tadbirkorlar o‘z nutqlari bilan chiqish qiladi.

Rejadagi forumning asosiy mehmon spikeri taniqli amerikalik Jordan Belfort. Mazkur yuqori darajali mehmon xalqaro sotuv eksperti sifatida faoliyat yuritadi. Mamlakatimizning yetakchi tijorat doiralari uchun Jordan Belfort bilan yuzma-yuz muloqot yirik hodisa bo‘lishi kutilmoqda,

Shu bilan birga, biznesning turli sohalarini o‘z ichiga qamrab olgan forumda rossiyalik eng tajribali marketologlardan biri, sohada  30 yillik tajribaga ega bo‘lgan xalqaro marketolog Igor Mann ishtirok etishi ham rejalashtirilgan. Mahalliy spikerlardan esa  Xurshid To‘rayev ishtiroki belgilangan. Forumning bir qismi bo‘lishi kutilayotgan boshqa spikerlarning nomlari esa forum avvalida e’lon qilinadi.

O‘z navbatida, TASHKENT GLOBAL FORUM tadbirkorlar va biznesga qiziquvchilar, biznesini rivojlantirishni istaydigan insonlar, yuqori tajribali menejerlar, kompaniya rahbarlari, marketologlar, sotuv bo‘limi boshliqlari uchun esda qolarli o‘quv platformasi va shu bilan birga ularning rejalari uchun muvaffaqiyat omili bo‘lib xizmat qilishi kutilyapti

Azim poytaxt mezbonlik qilayotgan forumning asosiy foydalari networking, sotuv bo‘yicha tajriba va keyslar, marketing ko‘rinshlari, shuningdek, networking zonalar borasidagi bilimlar va amaliyot yutuqlar ulashishdadir. 

Aytib o‘tish kerakki, joriy yilning 1-2 iyun kunlari O‘zbekistonda mamlakat miqyosidagi eng katta biznes forum – MEGATRENING 2022 ham  tashkil etilgan edi va biznes olamida yirik hodisalardan biriga aylanib ulgurdi. 

Navbatdagi yirik forum o‘z qiziquvchilari uchun katta imkoniyatlar va nihoyatda qiziqarli tadbirlarni hadya etadi. Zero, ilg‘or taraqqiy etayotgan mamlakat iqtisodiyoti uchun tirgak bo‘ladigan tadbirkorlik qatlamini qo‘llab-quvvatlash va ruhlantirish uchun bu kabi jarayonlar nihoyatda muhimdir. Siz ham ushbu voqelikning bir qismiga aylaning. Biznes va tadbirkorlikka qiziquvchilarni TASHKENT GLOBAL FORUM’ga chorlab qolamiz.

TASHKENT GLOBAL FORUM’da ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting.

Tel: +998 78 122 22 22

Tgforum.uz

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing