“Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi koronavirus sabab qoldirildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 23-25 aprel kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi keyinga qoldirildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati QALAMPIR.UZ'ga xabar bermoqda.

“Bunday qaror Forum qatnashchilari, shu jumladan xorijiy mehmonlar va yurtimiz fuqarolari orasida Koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilindi.
Tashkiliy qo‘mita ilgari ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarni Forum qoldirilgani haqida xabardor qilish bo‘yicha ishlarni tashkillashtiradi, shuningdek, Forumning o‘tkaziladigan aniq sanalarini qo‘shimcha ravishda keyinroq e’lon qiladi.

E’tibor bering! Forumning keyinga qoldirilishi ilgari e’lon qilingan “Eng yaxshi yuridik xizmat”, “Eng yaxshi advokatlik tuzilmasi” respublika tanlovlari o‘tkazilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Forum haqida batafsil ma’lumotlarni sayti yoki (+99871) 268-28-41, (+99871) 268-28-43 telefon raqamlari orqali olish mumkin", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Tashkent Law Spring

Baholaganlar

36

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar