“Tashkent City”dagi “Boulevard” shoping-avenyuning taqdimoti o‘tkazildi

Biznes

01-Cover

Tashkent City”dagi “Boulevard” shoping-avenyuning taqdimoti o‘tkazilib tijoriy ko‘chmas mulk sotuvi boshlandi.


24-aprel kuni poytaxtdagi “Tashkent City” xalqaro biznes markazi hududida joylashgan muhtasham va betakror “Boulevard” turar-joy va savdo majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
“Boulevard” turar-joy kompleksining tijorat hududi – bugungi kunda ko‘chmas mulk bozoridagi eng foydali takliflardan biri bo‘lib, bu qator muhim afzalliklarga asoslangan.


“Tashkent City” xalqaro biznes markazi hududida joylashgan “Boulevard” turar-joy majmuasi yuqori darajadagi qulayliklarga ega. Bugungi kunda mamlakatda bir vaqtning o‘zida olib borilayotgan eng keng ko‘lamli qurilish loyihasi, shuningdek, shahar aholisi va butun dunyodan kelgan millionlab sayyohlar uchun poytaxtning eng diqqatga sazovor va e’tiborli maskanlaridan biri hamdir.

Tijorat binolari uchun majmuaning umumiy maydonidan 21,5 ming kv. m. ajratilgan. Bu turli ehtiyojlar uchun moslashtirilgan 150 dan ortiq puxta loyihalashtirilgan binolar demakdir. Bu yerda butiklar, restoranlar, qahvaxonalar, go‘zallik salonlari, banklar, dorixonalar, oziq-ovqat do‘konlari, galereya va boshqalar odamlarga doimiy xizmat ko‘rsatadi.


Ta’kidlash joizki, shopning balandligi 5,2 metrdan 7,2 metrgacha yetadi. Bu binoni ikki qavatli qilishga imkon beradi.


“Tashkent City”da doimiy yashovchi rezidentlar, mehmon va sayyohlarni o‘ziga ohangrabodek tortuvchi asosiy joy 3 km uzunlikdagi savdo majmuasidir.


Majmua infratuzilmasining alohida avtoturargoh, keng alleya ko‘rinishida puxta o‘ylanganligi bulvarning ko‘p sonli mehmonlariga qulay va erkin harakatlanish hamda yaxshi dam olish imkonini beradi.


Bugun, 25 apreldan e’tiboran “Boulevard” turar-joy majmuasi savdo maydonlarining sotuviga start berildi. “Boulevard” savdo majmuasi, qolaversa shoping-avenyuning afzalliklari haqidagi batafsil ma’lumotni har kuni soat 9:00dan 19:00gacha Dream City ofisidan olishingiz mumkin. 


“Boulevard” turar-joy kompleksi – bu sizning biznes g‘oyalaringizni poytaxtning ishbilarmonlik markazi yuragida amalga oshirish uchun ulkan imkoniyatdir.


Yagona ma’lumot markazi: (+998) 71 202-22-22
Manzil: Furqat ko‘chasi, “Tashkent City” XIM
Mo‘ljal: “Furqat koʻchasi, “Tashkent City” XIM. 


Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydoni tomonidan Alisher Navoiy ko‘chasiga harakatlanish hududida. 

 

Sayt: dreamcity.uz
Telegram-kanal: https://t.me/dreamcityuz
Facebook: https://www.facebook.com/dreamcity.uz/
Instagram:  https://www.instagram.com/dreamcity.uz/

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing