“Tashkent City” bog‘i sotiladi

Jamiyat

−

image

Toshkent shahri markazida joylashgan “Tashkent City” bog‘i sotiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Qaror bilan ommaviy savdolar orqali sotiladigan 1501 ta ko‘chmas mulk ob’ektlari ro‘yxati tasdiqlandi. Ro‘yxatga “Tashkent City” bog‘i ham kiritilgan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 apreldan mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan bo‘sh turgan davlat ob’ekti yoki yerlar aniqlanib:

•  2 000 kvadrat metrgacha ob’ektlar – hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksionga chiqariladi;

•  qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar – “Yerelektron” tizimi orqali yuborilgan onlayn-buyurtmanoma 3 kunda tegishli idoralar tomonidan ko‘rib chiqiladi va ijobiy xulosa bo‘lganda, 2 haftada onlayn-auksionga chiqariladi.

Bundan tashqari, vazirlik va idoralar, hokimliklarning, 3 oydan ko‘p foydalanilmasdan bo‘sh turgan ob’ektlar ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

433

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing