“Tashkent city” hududida yerlar noqonuniy ajratilganmi? Adliya vaziri javob berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda “Tashkent city” hududida yer ajratish masalalari noqonuniy hal etilgani haqida xabarlar tarqaldi. AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ushbu masalaga oydinlik kiritdi.

“Agar bu haqda biror bir tadbirkor sub’ektiv fikrini aytgan bo‘lsa, bu — uning o‘z fikri. Maxsus hududlar “Iqtisodiy hududlar to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi. Masalan, sanoat bilan bog‘liq erkin iqtisodiy zonalar. Boshqa kimningdir shaxsiy fikri rasmiy ahamiyatga ega emas. 

“Tashkent city” hududida yer ajratish masalalari qonuniy hal etilgan. Qurilish ob’ektini qurishda lozim bo‘lgan hujjatlar turi juda ko‘p. Ular orasida qurilish boshlanmasdan tayyor bo‘ladigani ham, qurilish jarayoni bilan parallel tayyorlanadigan hujjatlar ham bor”, deydi vazir. 

Adliya vazirining so‘zlariga ko‘ra, agar qaysidir qurilish ob’ektining tayyor bo‘lishi kerak bo‘lgan hujjati hamon yo‘q ekani aniq aytiladigan bo‘lsa, shunda unga qonuniy baho berish mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

“Tashkent city”

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar