“TASHKENT BOOK FEST – 2019” ko‘rgazma-yarmarkasi o‘z ishini boshladi
Jamiyat
−
02 Oktabr 2019
2990Bugun, 2 oktyabr kuni poytaxt Toshkentda “TASHKENT BOOK FEST – 2019” — I Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi o‘z ishini boshladi.
O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu yirik madaniy tadbirda yetti mamlakat — Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozog‘iston, Koreya, Qirg‘iziston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya kabi davlatlardan 16 ta nashriyot va kitob savdo tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.
Shuningdek, O‘zbekistondagi elchixona va xorijiy kompaniyalar, xususan, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi, Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi, Koreya Respublikasi elchixonasi, Toshkent shahridagi Gyote instituti vakillari ham ko‘rgazma-yarmarka ishtirokchilari qatoridan o‘rin olishgan. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi 30dan ortiq davlat va xususiy nashriyot hamda kitob savdo tashkilotlari ham mahsulotlarini namoyish etmoqdalar.
Ko‘rgazma doirasida qiziqarli kitoblar taqdimotlari, mushoiralar, intelektual o‘yinlar, adiblar bilan ijodiy uchrashuvlar, adabiy viktorinalar, davra suhbatlari hamda mahorat darslari tashkil etish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi