Tashqi reklamani joylashtirishga oid yangi talablar joriy qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahrirdai loyihasi ishlab chiqilib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritlagn. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori o‘rinbosari A’zam Qurbonov ma’lum qildi.

Yangi tahrirda tayyorlangan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun loyihasining asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:

1. Qonun normalarini qo‘llashda noaniqliklarga olib kelgan ayrim tushunchalarga aniqlik kiritilmoqda va yangi tushunchalar qo‘shilmoqda (“axloqsiz reklama”, “uyg‘unlashtirilgan reklama”, “xomiylik reklamasi” va boshqalar).

2. Reklama sohasini tartibga solish bo‘yicha Hukumat, vakolatli davlat organi va nodavlat tashkilotlarning vakolatlari belgilanmoqda.

3. Televideniye, radio, bosma ommaviy axborot vositalari va telekommunikatsiya, jumladan mobil aloqa tarmoqlarida reklama joylashtirish tartibi takomillashtirilmoqda, xususan:

•    teleradiotashkilotlar uchun reklama joylashtirishga ajratilgan vaqt har bir soatiga amaldagi 10 foizdan 20 foizga uzaytirilmoqda va boshqa talablar liberallashtirilmoqda;

•    telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida reklamani tarqatishga faqat abonentning oldindan roziligi bo‘lsagina yo‘l qo‘yilishi belgilanmoqda.

4. Rag‘batlantiruvchi aksiyalarni tashkil etish va o‘tkazishga hamda ularni reklamasiga doir aniq tartib o‘rnatilmoqda;

5. Tashqi reklamani joylashtirishga oid talablarni belgilovchi 4 ta moddadan iborat alohida bob kiritilmoqda.

6. Elektron tijoratda mahsulot reklamasi, internet jahon axborot tarmog‘i vositasida tarqatiladigan reklamani tartibga soluvchi yangi talablar kiritilmoqda.

7. Dori vositalari, biologik faol qo‘shimchalar, energetik ichimliklar, xalq tabobati mahsulotlari reklamasiga doir talablar takomillashtirilmoqda.

8. Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan sud tartibida qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalar o‘rnatilmoqda. 

Mazkur qonun loyihasining maqsadi:

•    O‘zbekiston Respublikasi hududida reklamani ishlab chiqarish, tarqatish, joylashtirish va foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish;

•    tadbirkorlik va iste’mol madaniyatini takomillashtirish;

•    mahsulotning xususiyati, tayyorlanish usuli va joyi, iste’mol xususiyatlari, sifati va boshqa tavsiflari, uni realizatsiya qilish shartlariga ko‘ra iste’molchilarni chalg‘itadigan yolg‘on yoki noaniq ma’lumotlarni reklama vositasida tarqatilishining oldini olish;

•    jismoniy va yuridik shaxslarni, jumladan voyaga yetmaganlarni nomuvofiq reklamadan himoya qilish;

•    reklama faoliyati va reklama bozorini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing