Tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
15 noyabr 2022
5570Prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziriga birinchi o‘rinbosar va o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirli Matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 14 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov ishtirokida Tashqi ishlar vazirligi Hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-420-son qarori bilan Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Furqat Sidiqovni tanishtirgan.
Furqat Sidiqov bungacha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-421-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan Bahrom A’loyev ham tanishtirilgan.
A’loyev bungacha O‘zbekiston Respublikasining Kuvaytdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi