Tashqi ishlar vaziriga matbuot kotibi tayinlandi
Jamiyat
−
10 fevral 2023 8697 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining buyrug‘i bilan Ahror Burxonov Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlikning Telegram sahifasida ma’lum qilindi.
Ahror Tohirovich Burxonov ushbu tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Elchixonasi va Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Burxonovdan oldin Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibligini 2021 yildan 2023 yilgacha Yusuf Qobiljonov bajarayotgan edi.
Live
Barchasi