“Tashabbusli byudjet”: fuqarolar nimalarga mablag‘ ajratishni taklif qilyapti?

Jamiyat

image

Moliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Tashabbusli byudjet” loyihasiga fuqarolardan jami 41 125 ta takliflar kelib tushgan. Bu haqda Moliya vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Takliflarning eng ko‘pi 13 853 tasi ichki yo‘llarni ta’mirlash, 6 798 tasi taklif umumta’lim maktablarini ta’mirlash va jihozlash, 5 649 ta taklif ko‘chalarni yoritish tizimi, 4 424 ta taklif ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bilan bog‘liq muammolarni tashkil etgan.

Hozirda tashabbusli byudjet jarayonining 3-bosqich ya’ni ovoz berish jarayoni o‘tkazilyapti. Fuqarolar joriy yilning 2 sentyabriga qadar o‘zlarini qiziqtirgan takliflarga ovoz berishlari mumkin bo‘ladi. 

Har bir shaxs faqatgina bir marotaba ovoz berish xuquqiga ega bo‘ladi. Bugungi kunga kelib fuqarolar tomonidan 100 mingdan ortiq ovozlar berildi. Bu bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatiga (20 446) to‘g‘ri kelsa, eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatiga (1 962) to‘g‘ri kelmoqda.

Shu bilan birga, fuqarolarga ovoz berish jarayonlarida faol ishtirok etishlariga imkoniyat yaratish maqsadida 3 xil ko‘rinishda ovoz berish shakli tadbiq etilgan bo‘lib, jumladan fuqarolar portaldan ro‘yxatdan o‘tgan holda, SMS-qisqa xabar orqali, oflayn ko‘rinishda o‘z ovozlarini berishlari mumkin. 

Bugungi kunga kelib jami kelib tushgan ovozlarning qariyb 55 foizi onlayn ko‘rinishda, 45 foizi SMS qisqa xabar orqali kelib tushgan ovozlarni tashkil etmoqda. Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, har bir tuman va shaharda eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflar g‘olib deb topiladi va ushbu tadbirlarni moliyalashirish uchun mablag‘ ajratiladi.

Tashabbusli yoki partisipator byudjetlashtirish — bu aholining tashabbuslarini hisobga olgan holda byudjet mablag‘larining muayyan bir qismini sarflash bo‘yicha ularning bevosita ishtirokida qarorlar qabul qilish hamda qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishini kuzatish amaliyotidir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing