Tarvuz narxi rekord darajada pastladi

Jamiyat

image

Markaziy Osiyo mamlakatlarida, xususan, O‘zbekistonda ham tarvuz narxi maksimal darajada pastladi. Bu haqda “East Fruit” loyihasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistondagi bozor rastalarida tarvuzning narxi 1 kilogramm uchun 8 sentni tashkil etmoqda. Narxlarning tushishi O‘zbekistonda tarvuzga deyarli talab yo‘qligining asosiy sabablaridan biridir. Jumladan, O‘zbekiston tarvuzni Rossiyaga eksport qilib kelgan. Ammo hozirda mamlakatning o‘zida mahsulot narxi pastlagan. Bu esa O‘zbekistondan keladigan tarvuzga bo‘lgan talabning pasayishiga olib kelgan.

“O‘zbekistondan Sharqiy Yevropa va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga tarvuz eksporti joriy mavsumda ancha sustlashgan. Chunki, xususan, Ukraina fermerlari ommaviy yig‘im-terim mavsumi boshlanishidan oldin ham tarvuzni haddan tashqari ko‘p yetishtirgan, bu esa narxlarning maksimal tushishiga olib kelgan.

Qolaversa, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun O‘zbekistondan olib o‘tishdan ko‘ra, Ukrainada arzon tarvuz sotib olish foydaliroq”, deydi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) sarmoyaviy departamenti iqtisodchisi Andrey Yarmak.

Meva-sabzavot biznesi bo‘yicha xalqaro ekspert Baxtiyor Abduvohidov Tojikistonda ham vaziyat shunga o‘xshashligini qayd etdi.

“Fermerlar kichik tarvuzlarni hammaga tekin tarqatmoqda, lekin katta tarvuzlarni hech bo‘lmaganda biron bir narxda sotish mumkin", deydi ekspert.


Maqola muallifi

Teglar

Tarvuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar