Tarvuz iste’mol qilish kimlarga mumkin emas?
Foydali
−
18 iyul 2021
25500Tibbiyot fanlari doktori Olga Sharapova “Doktor Piter” portaliga bergan intervyusida bir kunda qancha miqdorda tarvuz yeyish mumkinligi va uni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydigan kasalliklar ro‘yxatini sanab o‘tdi.
U tarvuzda juda ko‘p foydali moddalar — A va C, B6 vitaminlar guruhi, fitonutriyentlar, magniy, kalsiy, natriy va fosfor borligini eslatgan. Oxirgi makroelement organizmdagi suyuqlik zaxirasini to‘ldirishga va tana haroratini tartibga solishga yordam berishini ham ta’kidlagan.
Mutaxassis, shuningdek, tarvuz nafaqat tashnalikni, balki ochlikni ham qondirishini aytgan. Bundan tashqari, tarvuz yurak-qon tomir tizimi va qon bosimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, organizmdan shlaklarni chiqarib tashlashiga urg‘u berilgan.
Ta’kidlanishicha, ko‘p foydali xususiyatlariga qaramay, ba’zi kasalliklarda tarvuzni juda cheklangan miqdorda iste’mol qilishga ruxsat beriladi.
“Biz, shifokorlar, diareya, urolitiyoz, ateroskleroz, prostata adenomasi bilan og‘rigan odamlarga tarvuzni cheklangan miqdorda iste’mol qilishni maslahat beramiz. Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida tarvuz iste’mol qilish tavsiya etilmaydi”, degan Sharapova.
Uning ta’kidlashicha, tarvuzni tushlikkacha va kuniga 200-300 gramm iste’mol qilish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga, tarvuzni boshqa mahsulotlar bilan birga iste’mol qilish tavsiya etilmagan.
LiveBarchasi