Tarixda ilk marta O‘zbekistondan 4 taekvandochi Olimpiadaga boradi

Sport

image

Iordaniya poytaxti Ammanda bo‘lib o‘tgan taekvondo bo‘yicha turnirda o‘zbekistonlik sportchi Svetlana Osipova Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi nomidan taekvondo bo‘yicha Olimpiada musobaqasida qatnashadigan sportchilar 4 nafar bo‘ldi va bu tarixiy natija. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Ma’lum qilinishicha, Svetlana Osipova +67 kg vazn toifasida raqibi filippinlik Kyorsti Aloraga qarshi jang qilib 27:5 hisobida g‘alabaga erishgan va Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritgan.

Xabarga ko‘ra, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi safida Osipovadan tashqari, shuningdek, Ulug‘bek Rashitov (-68 kg), Nikita Rafalovich (-82 kg), Nigora Tursunqulova (-67 kg) ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi nomidan 2004 yilgi Olimpiadada 2 nafar, 2008, 2012 va 2016 yilgi Olimpiada musobaqasida 3 nafar sportchi ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing